35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
54-sonli maktabda  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
📚 Hududdagi kutubxona faoliyati o‘rganildi

📚 Hududdagi kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Nasrullayev nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Usmon ota MFY hududidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.

📚 O‘rganish davomida kutubxonaning umumiy holati, mavjud kitob fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, adabiyotlarning saqlanishi hamda kitobxonlar uchun foydalanish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

📚 Kutubxonadagi mavjud adabiyotlar tarkibi va soni, o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, yoshlar uchun zarur bo‘lgan badiiy va ilmiy adabiyotlarga ehtiyoj masalalari o‘rganildi.

📚 O‘rganish jarayonida kutubxona mas’uli bilan suhbat o‘tkazilib, kitob fondini boyitish, zamonaviy va bolalar uchun qiziqarli adabiyotlar bilan ta’minlash, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish hamda kutubxonadan samarali foydalanishni kengaytirish yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3