35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
54-sonli maktabda  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
📍 FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2-Nizomiy saylov okrugidan saylangan deputati K.Yavkochdiyev tomonidan Nizomiy mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning murojaatlari, takliflari va hududdagi dolzarb masalalari bevosita o‘rganildi.

🤝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil fikr almashilib, ularni hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning har biri e’tiborga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

📌 Uchrashuvda Ishtixon tumani hokimi o‘rinbosarlari J.Bediyev va F.Chinorova ham ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalarni tingladi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli yo‘nalishlar belgilab olindi.

🔎 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topilishiga ko‘maklashishdir.

Murojaatlar bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi deputat tomonidan nazorat qilib boriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 2