35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
54-sonli maktabda  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

📚Olmazor tumani "Qichqiriq" MFY hududidagi 233-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha tantanavor ruhda bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva, maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

🌟 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan barcha ustozlar, o‘quvchi-yoshlar va ota-onalarni samimiy muborakbod etib, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning ahamiyatini ta’kidladilar.

🇺🇿 Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar yangi avlod oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ymoqda.

🔔 “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadosi ostida yangi o‘quv yilini qarshi olgan o‘quvchilarga ilm olish yo‘lida omad, yuqori natijalar va ulkan zafarlar tilandi.

📖 Yangi o‘quv yili barchaga muborak bo‘lsin!

✨ Ilm yo‘lidagi har bir qadam yangi yutuqlar sari boshlasin!

Slide 1 of 3