Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich Taxiatosh tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Xudaybergenov hamda “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida tashkilotning mavsumga tayyorgarligi, mavjud sharoitlar hamda kuz-qish davrida ta’lim-tarbiya jarayonini barqaror tashkil etish uchun ko‘rilayotgan choralar holatiga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, mavsum davomida bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralarni belgilash hamda tayyorgarlik ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.