35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
54-sonli maktabda  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Bugun Sariosiyo tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Jumladan, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mas’ullari, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni, mustaqillikning bebaho ne’mati hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Shundan so‘ng barcha sinflarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, unda Vatan ravnaqi, mustaqillikning qadr-qimmati, tinchlik, bilim va ma’rifatning hayotimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z bordi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilarni yangi marralar sari ilhomlantirsa, ustozlar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bugun tumanimizning barcha maktablarida jaranglagan birinchi qo‘ng‘iroq ezgu maqsadlar va ulkan orzular sari dadil qadamlarning ramziga aylandi.

Slide 1 of 4