35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xo'ja Ahmad Vale mahallasida Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Fuqaroga ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish masalasi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘ja Ahmad Vale mahallasidagi ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
54-sonli maktabda  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Tinchlik mahallasidagi 35-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining holati o‘rganildi
янв.21
KASB-HUNARGA O‘QITISH — DEPUTATLIK NAZORATI E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR SALOMATLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Deputat va mahalla hamkorligi: hududdagi ishlar tahlil qilindi

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli o‘rganish, deputatlarning hududdagi faoliyatini tahlil qilish, aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbog' okrugidan saylangan deputat I.Xalmatovga biriktirilgan tuman kengash bosh mutaxassisi B.Qurbonov “Gulbog'” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ishlar va mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Mazkur jarayon “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida mahalla raisi tomonidan hududdagi ichki yo‘llarning ta’mirga ehtiyoji, ayrim ko‘chalarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati hamda elektr energiyasi ta’minotida uchrayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, muammolar yechimini nazoratga olish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, mahalla faoliyatini samarali tashkil etish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar “24 ta muhim yo‘nalish” doirasida deputat va mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash, hududdagi muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3