35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Marg'ilon mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasidagi ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borildi.
янв.21
Marg'ilon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Bo'ston mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
18-MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputati N.Xamidovalar tomonidan Xalqaobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barpo etilgan ko‘chatlarni sug‘orish tizimining holati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida ko‘chatlarni muntazam parvarishlash, ularni o‘z vaqtida sug‘orish, sug‘orish tarmoqlarining texnik holati hamda yashil hududlarni saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud sug‘orish tizimidan samarali foydalanish, ko‘chatlarning qurib qolishining oldini olish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish va parvarish ishlarini yana-da kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Ta’kidlanganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasining samaradorligi nafaqat ko‘chat ekish, balki ularni muntazam parvarishlash va sug‘orish ishlarini sifatli tashkil etishga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi.

Slide 1 of 3