35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Marg'ilon mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasidagi ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borildi.
янв.21
Marg'ilon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Bo'ston mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
18-MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
🔰Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining yettinchi chaqiriq yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Sessiya ishida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi va deputatlar, shuningdek, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiyada shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush sharoitini oshirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.

🔻Sessiya kun tartibiga quyidagi muhim masalalar kiritildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabridagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan joriy yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Jizzax shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida mahalla raislari uchun tavsiya etilgan asosiy vazifalar ijrosi hamda shahar mahallalarida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

4. Jizzax shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida.

5. Jizzax shahrida “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi, tashqi reklama va eʼlonlarni davlat tili hamda milliy madaniyat meʼyorlari asosida tartibga solish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6. Jizzax shahar mahalliy byudjetining 2026-yil moliya yili daromadlari va xarajatlari parametrlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

7. Shahar byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

9. Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Donishev Said Ibragimovichning vakolatini muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida.

 🔹Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas‘ullar axborot va hisobotlar bilan chiqish qildi, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 7