35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan tadbirkorlik obyektlarida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Marg'ilon mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
Yangi asr mahallasidagi ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borildi.
янв.21
Marg'ilon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi
янв.21
Bo'ston mahallasida o'rganish olib borildi
янв.21
18-MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o'rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
DASTUR SESSIYADA TASDIQLANDI!

 Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uylar va tutash hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan muhim dastur tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida 2026–2027-yillarda shahar va tumanlarda respublika byudjetidan 1 trillion so‘m mablag‘ ajratish hisobiga ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash hamda uylarga tutash hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi doirasidagi masalalar muhokama qilindi.
Sessiyada Chilonzor tumani uchun 2026-yilda 8 350,8 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilandi.
📌 Mazkur mablag‘lar doirasida:
🛝 20 ta bolalar maydonchasi quriladi;
💧 irrigatsiya tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi;
🛣 1 906 p/m yo‘lak obodonlashtiriladi;
🚶 4 963 kv.m yo‘lak asfaltlanadi;
🏘 tumandagi 47 ta manzil bo‘yicha ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlari obodonlashtiriladi.
Mazkur dastur aholiga yanada qulay, obod va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda ko‘p kvartirali uylar atrofidagi hududlarni kompleks obodonlashtirishga xizmat qiladi.