35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ichimlik suvi bo‘yicha muammolar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining bo‘shab qolgan "12-Bog‘ishamol" saylov okrugiga qarashli "Amirobod" mahalla fuqarolar yig‘inining "Obod" ko‘chasida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Ozodlik” ko‘chasida joylashgan ichimlik suvi minorasi 2016-yilda qurilgan bo‘lib, shu kunga qadar foydalanishga topshirilmaganligi shuningdek, mazkur suv minorasini ishga tushirish orqali “Ozodlik” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash imkoniyati mavjudligi aniqlandi.

Mazkur masala ijrosi yuzasidan mas'ul tashkilotlarga yo‘naltirilishi hamda natijasi doimiy komissiya yig‘ilishida mas'ullar ishtirokida muhokama qilinishi belgilandi.

Slide 1 of 6