O‘rganish davomida mazkur qarorda belgilangan ekologik xavfsizlik talablariga rioya etilishi, tashkilot
hududining sanitariya-obodonlashtirish holati, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ish jarayonlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan ekologik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, Vazirlar Mahkamasining 95-sonli qarori talablarini amalda ta’minlash, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish va hududning obodonlashtirish holatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.