Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qarisi bor uyning – parisi bordir!
янв.21
Farg‘ona tumanida “Dolzarb 90 kunlik”
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ziyodbek Yunusov Farg‘ona tumanida yassitovonlik va skolioz kasalliklari tarqalganlik bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Ziyodbek Yunusov Farg‘ona tumanida o‘rganishlar olib bordi.
янв.21
"Bor mehrimiz senga bolajon!" donorlik hayriya aksiyasi
янв.21
Mahalla raisi saylovi davom etmoqda
янв.21
Mahalla raisi saylovi – muhim siyosiy jarayon
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Muhim siyosiy jarayon - fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi faollik bilan o‘tkazilmoqda.
янв.21
"Біргаликда коррупсиясіз джамият құрамиз"
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

 Sessiya ishida dastlab Vobkent tumanida “Yoshlar balansi” asosida yoshlar bilan individual ishlash maqsadida ijtimoiy koʻmakka muhtoj va alohida eʼtibor talab etadigan yoshlarning roʻyxatini tasdiqlash haqida tinglandi.

Mamlakatimizda 2021-yildan boshlab, yoshlar bilan ishlashning yangicha “mahallabay” ishlash tizimi joriy qilindi. Oʻtgan qisqa davr ichida mazkur tizim orqali yoshlarning koʻplab muammolari hal qilindi.

Ushbu muammolarni bevosita mahallaning oʻzida hal qilish uchun tumanda 44 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Yoshlar yetakchisi” lavozimi joriy qilindi.

Bugungi kunda, tumanda 35 556 nafardan ortiq 14-30 yoshdagi yoshlarlar mavjud boʻlib, ularning 19 308 nafarni yaxshi oʻqiyotgan, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan, rasmiy sektorda ishlaydigan, qobiliyati bor, ijtimoiy faol boʻlgan yoshlar tashkil qiladi. 16 248 nafar yoshlar esa, turmush taqozosi bilan rasmiy sektordan ish topa olmagan, lekin mehnatga layoqatli iqtisodiy faol yoshlardan iborat. Shundan, 1 196 nafar yoshlar “ahvoli ogʻir”, davlatning gʻamxoʻrligi va eʼtiborini kutayotgan hamda ijtimoiy koʻmakka muhtojlar yoshlar jumlasidandir.

2023 yil 11 aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish haqida gapirib, ular bilan ishlash borasida bir qator yangi tashabbuslarni ilgari surdilar.

Mazkur uslubiy qoʻllanma ushbu tashabbuslarni kengroq tushuntirib berishga qaratilgan boʻlib, yoshlar bilan ishlash, jamiyatda yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini taʼminlash chora-tadbirlari boʻyicha yangicha yondashuvlar bilan tanishish imkonini berdi.

Uslubiy qoʻllanma yoshlar bilan ishlayotgan barcha toifadagi rahbar xodimlar, mutaxassislar, mahallalardagi Yoshlar yetakchilari, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mutassadi tashkilotlarning xodimlari
uchun moʻljallangan.

Tumanda yoshlar bilan ishlashda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan qoʻyidagi ustuvor yoʻnalishlar. Jumladan:

- yoshlar bandligini taʼminlash;

- ularga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻqitish va boʻsh vaqtlarini toʻgʻri tashkil qilish;

- ijtimoiy koʻmakka muhtoj yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

- yoshlarda sogʻlom fikr va dunyoqarashni shakllantirish hamda ularning radikallashuviga yoʻl qoʻymaslikdan iborat boʻlmoqda.

Shuningdek, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Komissiyasining 2023 yil 24 martdagi “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi yigʻilish bayoniga asosan quyidagi topshiriqlar berildi.

Jumladan:

- “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarini moliyalashtirish jarayonini toʻliq raqamlashtirish va “Yoshlar daftari” platformasi bilan integratsiya qilish, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlashga qaratilgan idoralararo hamkorlik tizimini takomillashtirish, yoshlar muammolarini hal etishda sektor rahbarlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha topshiriqlar aniq belgilab berildi;

- “Yoshlar balansi”dagi yigit qizlarning ijtimoiy holati, qiziqishi va muammolarining xususiyatidan kelib chiqib, ular bilan individual ishlash, masʼul idora va tashkilotlarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi;

- har bir mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan shakllantirilgan “Yoshlar balansi” asosida ularni bandlik va ijtimoiy holati boʻyicha alohida toifalarga ajratildi.

Tumanda ijtimoiy koʻmakka muhtoj va alohida eʼtibor talab etadigan 1 196 nafar yoshlarning manzilli ruyxatlari shakllantirildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 10