Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
33-maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish holati o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar murojaatlari amaliy yechim topmoqda
янв.21
Shohimardonobod MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
PF–193-sonli Farmon ijrosi yuzasidan o‘rganish davom ettirilmoqda
янв.21
Navro'z MFYda Kengash qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat qilindi
янв.21
Birdamlik mahallasida sessiya oldi o'rganish olib borildi
янв.21
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonovaning «Milliy madhiyam — milliy g‘urur» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha deputatlik so‘roviga rasmiy javob berildi.
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo'yicha seminar o'tkazildi
янв.21
Zilol mahallasida Kengash raisi tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi
Viloyatimizning bir guruh faol xotin-qizlari "Moʻtabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

 Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va koʻrki boʻlgan xotin-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat boʻlib kelgan. Vatanimiz taraqqiyotida, oila va jamiyat hayotida xotin-qizlar muhim oʻrin va mavqega ega. Ayollarimiz mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, siyosiy-iqtisodiy hayotidagi barcha sohalarda xususan, davlat boshqaruvi va vakillik organlarida, ishlab chiqarish, tadbirkorlik, fermerlik, sogʻliqni saqlash, taʼlim, maʼrifat, madaniyat va boshqa sohalarda samarali mehnat qilishmoqda.  

Har qanday halol, fidoyi mehnat albatta ragʻbatini topadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, senator M.Gʻaniyeva va xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Toychiyevalar "Moʻtabar ayol" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.   

Slide 1 of 3