Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 17–18 (8248)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari faoliyati yoritildi.
янв.21
FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
FARG‘ONA TUMANI KENGASHIDA APREL OYI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
янв.21
#OAVda_biz 📰
янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
YANGIOBOD MAHALLASIDA YO‘L QURILISHI ISHLARI YANGI BOSQICHDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining doimiy komissiya raisi B.Allbergenov o‘zining shahar hokimi nomiga yo‘llagan deputat so‘rovi natijasida manzilli dasturga kiritilgan mahallaning Turkiston ko‘chasi 6 va 7-yo‘laklarida ichki yo‘llarni asfaltlash bo‘yicha boshlanayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ustidan deputatlik nazoratini o‘rnatish maqsadida hududda bo‘ldi.

Ushbu jarayonda "Xorazm ko‘prik yo‘l qurilish" MCHJ mutaxassislari tomonidan mazkur ko‘chalarga asfalt qoplamasini yotqizish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va yer maydonini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan suhbatlashib, loyihalarni sifat va muddat jixatdan samarali tashkil etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzaga kelganda darxol bog‘lanishlari zarurligini ta’kidladi.

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida mahalladagi 100 dan ortiq xonadon va hududdagi ijtimoiy obektlar uchun qulay harakatlanish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, yo‘l chetlarida piyodalar yo‘lakchalarini tartibga solish va yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planib qolishining oldini olish maqsadida irrigatsiya tizimlarini ko‘zdan kechirish ham ko‘zda tutilgan. 

Slide 1 of 1