Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Abdullayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-sonli farmoniga muvofiq, Qo‘qon shahar "Mingtut" va "Ashirqulmergan" mahallalarida "Mahalla yettiligi" vakillari va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlarda deputat tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yil dasturlarni shakllantirishda deputat va “Mahalla yettiligi” vakillarining o‘zaro hamkorligi dolzarb ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Mingtut MFY honadonlarini kadastr xujjatlarini shakllantirish, fuqaro G.To'xtaboyeva ish bilan ta'minlash, I.Xasanovni nogiron M. Jo'rayevaga yordam ko'rsatish haqidagi murojaatlari ham eshitilib, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi