Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi belgilangan tartibda o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar dastlabki tartibda ko‘rib chiqildi hamda ular yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.

Xususan, quyidagi masalalar yuzasidan tegishli axborotlar tinglanib, tahliliy muhokamalar amalga oshirildi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Peshku tumanidagi Xalq qabulxonasining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimidagi holatlar yuzasidan 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha axborotini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalasi;

🔹 Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, aholi muammolarini aniqlash, ularni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi;

🔹 Peshku tumanida adaptiv sport turlari bo‘yicha “Besh tashabbus paraolimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilarni rag‘batlantirish uchun zarur mablag‘larni ajratish masalasi;

🔹 Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan hamda amalda tushgan mablag‘lar, shuningdek, mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan hisoboti.

Yig‘ilish jarayonida ekspert guruhi a’zolari tomonidan kun tartibidagi har bir masala qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, kompleks ravishda o‘rganildi, ularning amaldagi holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish, mavjud imkoniyat va rezervlardan samarali foydalanish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Shuningdek, ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror loyihalarining asoslanganligi, ularning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan ekspert xulosalari bildirildi.

📝 Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra ekspert guruhining tegishli xulosalari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun kiritilishi belgilandi.

🤝 Hududda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, mahalliy byudjet barqarorligini ta’minlash hamda jamoatchilik bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3