Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FARG‘ONA TUMANI KENGASHIDA APREL OYI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
янв.21
#OAVda_biz 📰
янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
Deputat nazorati

  Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashiga “G‘allaquduq”
saylov okrugidan saylangan deputat Madhiya Nishanova tomonidan hududda aholiga xizmat
ko‘rsatayotgan boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish maqsadida
joylarda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
 

  

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan
ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrof-muhit
tozaligi, hududlarning tungi vaqtda yoritilishi hamda kommunal xizmatlar holati
o‘rganildi. Mazkur jarayonda aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan
muammolar tinglandi.
 

Ma’lum bo‘lishicha, deputat saylangan
hudud — “G‘allaquduq” okrugida jami 5 ta ko‘p qavatli turar-joy uyi mavjud. Ularning
holatini o‘rganish davomida bir qator dolzarb masalalar aniqlandi.
 

Xususan, yoz faslida aholi tomorqalarini
sug‘orishi natijasida yuqori qavatlarda, ayniqsa 3–4-qavatlarda suv bosimi keskin
pasayib ketishi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi. Shuningdek, 22 va
24-sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi ta’mirtalab holatda ekani ma’lum bo‘ldi.
 

Bundan tashqari, ayrim uylarda elektr
energiyasi taqsimlash shitlari eskirgan bo‘lib, ularni zamonaviy va xavfsiz turdagi
uskunalarga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.
 

O‘rganishlar davomida kanalizatsiya
tizimi bilan bog‘liq muammolar ham ko‘tarildi. Ayni paytda mazkur masala yuzasidan
ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da, ishlar hali to‘liq yakunlanmagani
ma’lum qilindi. Shuningdek, suv ta’minoti tizimidagi nasos quvvatining pastligi
ham aholi tomonidan bildirilgan asosiy muammolardan biri sifatida qayd etildi.
 

Deputat Madhiya Nishanova aniqlangan
muammolarni bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va aholiga qulay
shart-sharoitlar yaratish maqsadida mutasaddi tashkilotlar hamda boshqaruv kompaniyalari
bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha ishlarni davom ettirishini
ta’kidladi.
 

Bu kabi o‘rganishlar hududlardagi mavjud
muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, aholi murojaatlarini ijobiy hal etish va yashash
sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 2