Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“YASHIL MAKON” DOIRASIDA YASHIL BOG‘ HOLATI NAZORAT QILINDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida “Zuhro” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” a’zolari hamda faollar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Soliyeva mahalla “yettiligi”ning joriy yilning uch oy davomida olib borgan faoliyati yuzasidan hisobot taqdim etdi. 

Hisobotda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etildi. Jumladan, “Zuhro” ko‘chasida 300 metr ariq tozalanib, obodonlashtirish ishlari bajarilgan. Shuningdek, ayrim ko‘p qavatli uylarning tom qismi joriy ta’mirlanib, belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga biriktirilgan.

Yig‘ilish davomida hokim yordamchisi B.Mirzaahmedov tomonidan aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. 

Ta’kidlanishicha, mahalladagi 19 nafar ishsiz fuqarodan 12 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, 2 nafar fuqaroga “Onlayn mahalla” platformasi orqali kredit ajratilgan bo‘lsa, yana 3 nafar fuqaro bank kreditlari asosida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. 5 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga jalb etilgan.

Shuningdek, mahalla ixtisoslashuvi doirasida 4 ta xonadon bilan manzilli ishlash olib borilib, ularning faoliyat yo‘nalishlari aniqlashtirilgan. Ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy daromadni oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan.

Yig‘ilishda xotin-qizlar faoli X.Oripova ham o‘z hisobotini taqdim etdi. 

Unda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yoritildi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 105 nafar xotin-qizga “Ramazon hayiti” munosabati bilan bir martalik moddiy yordam ajratilgani ta’kidlandi.

Bundan tashqari, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan 3 ta oila yarashtirilib, 4 nafar farzandning yetim bo‘lib qolishining oldi olingan. 5 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi ta’minlanib, yana bir nafar ayol “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida imtiyozli kredit asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilib, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. Shu bilan birga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, erta nikohlarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mahallada muntazam targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarning faoliyati tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda aholining turmush darajasini yaxshilash yuzasidan aniq vazifalar va tavsiyalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6