Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
"BIR DEPUTAT—YUZLAB YECHIMLAR" TADBIRI BO‘LIB O‘TDI

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Beruniy tumani Kengashi deputati Yuldasheva Raxima Xaitbaevna tomonidan “Serquyosh” mahalla fuqarolar yig'inidagi saylovchilar bilan “Bir deputat – yuzlab yechimlar” mavzusida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o'rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni tinglash hamda har bir masala yuzasidan aniq va amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.

Tadbirda deputat tomonidan joriy yilning 1-choragi yakunlari bo'yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Xususan, o'tgan davr mobaynida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilib, kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi joyida ijobiy hal qilindi. Ayrim murakkab masalalar esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek: 

- kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash, ularga manzilli yordam ko'rsatish ishlari tizimli ravishda amalga oshirildi;

- yolg'iz keksalar, nogironligi bo'lgan fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari holidan muntazam xabar olindi;

- mahallada obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, tozalik va infratuzilmani yaxshilash bo'yicha amaliy ishlar tashkil etildi;

- yoshlar bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish va kasb-hunarga yo'naltirishga alohida e'tibor qaratildi.

Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan Qaror va Farmonlar ijrosini ta'minlash doirasida aholi bandligi, kambag'allikni qisqartirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilgani ta'kidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida aholi tomonidan ko'tarilgan dolzarb masalalar – mahalla hududidagi Berdax, Maxtumquli ko'chalariga asfalt yotqizish, Inoqobod va Serquyosh ko'chalariga 30 ta tungi yoritkichlarni o'rnatish, mahalla hududidagi bolalar o'yingohi ayanchli ahvolga kelib qolganligi sababli qayta ta'mirlash, mahalla hududidagi 66-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tevarak-atrofiga to'siq o'rnatish, maktabga elektron doskalar zarurligi, I.Yusupov ko'chasiga ichimlik suvi quvurlari o'tkazilganligi sababli yo'l ta'mirtalab ahvolga kelib qolganligi va boshqa murojaatlar bo'yicha muammo va takliflar tinglanib, ularning ayrimlariga joyida yechim topildi, qolgan masalalar bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi va ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Ushbu tadbir “Bir deputat –yuzlab yechimlar” tamoyilining amaldagi ifodasi bo'lib, aholi bilan muloqotni yanada mustahkamlash, ularning ishonchini oshirish hamda har bir murojaatga e'tibor bilan yondashishda muhim qadam bo'ldi. Kelgusida ham mazkur tamoyil asosida ishlar
izchil davom ettirilib, har bir fuqaroning muammosiga yechim topish yo'lida aniq va manzilli ishlar tashkil qilinadi.
 

Slide 1 of 1