Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 17–18 (8248)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari faoliyati yoritildi.
янв.21
FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
FARG‘ONA TUMANI KENGASHIDA APREL OYI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
янв.21
#OAVda_biz 📰
янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
DEPUTATLIK NAZORATI

Shu munosabat bilan “Shakarqamish” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi. Mazkur o‘rganish tadbiri Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Xujanov hamda bosh mutaxassislar A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirokida olib borildi. 

O‘rganish jarayonida hududda ekilgan daraxt va butalarning parvarishi, sug‘orish tizimining holati, yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. “Yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan tadbirlar nafaqat hududning ekologik holatini
yaxshilash, balki aholi salomatligini mustahkamlash, iqlim o‘zgarishlarining salbiy ta’sirini kamaytirishda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
 

Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga ko‘chatlarning to‘liq tutib ketishini ta’minlash, ularni muntazam parvarishlash hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Deputatlik nazorati davom ettirilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qat’iy monitoring olib borilishi qayd etildi. 

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 7