Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 17–18 (8248)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari faoliyati yoritildi.
янв.21
FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
FARG‘ONA TUMANI KENGASHIDA APREL OYI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
янв.21
#OAVda_biz 📰
янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat M.Isroilova tomonidan “Kuxinur siti-SSS” MCHJ rahbari S.Shodmonqulovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida “Sharq yulduzi” MFY hududidagi Tinchlik ko‘chasidagi 7 va 8-uylar hamda A. Qahhor ko‘chasidagi 3-uyda oqova suv tizimi bilan bog‘liq jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Xususan, mazkur uylarning ichki kanalizatsiya tarmoqlari markaziy tizimga ulanmaganligi yoki mavjud emasligi oqibatida aholi uchun noqulay sanitariya holati yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan oqova suv tizimini to‘liq o‘rganish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda zarur infratuzilmani shakllantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish talab etilgan deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.