Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 17–18 (8248)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari faoliyati yoritildi.
янв.21
FARG‘ONA TUMANIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH VA OCHIQLIK MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
FARG‘ONA TUMANI KENGASHIDA APREL OYI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Xotin-qizlar va bolalar himoyasi — ustuvor vazifa
янв.21
#OAVda_biz 📰
янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov o‘zi saylangan 10-Bobur saylov okrugida joylashgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlarida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini mahalla yettiligi vakillari bilan joyiga chiqib o‘rgandi.

Mazkur ishlar shahar Kengashining 2026-yil 30-martdagi tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan I-guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolar xonadonlari energiya tejamkor, ya’ni “yashil” texnologiyalar asosida ta’mirlanmoqda.

Deputat tomonidan mazkur ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilib, yashash uchun sharoitni yaxshilash hamda energiya samaradorligini oshirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4