Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SHOXIMARDON MFYDA DOLZARB MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
“IT SENTR” — YOSHLAR ISTE’DODINI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
янв.21
KAMBAG‘AL OILALARNI MANZILLI QO‘LLAB-QUVVATLASH — IJTIMOIY ADOLAT VA FAROVONLIK GAROVI
янв.21
#OAVda_biz
янв.21
🔹 “Vodil yog‘dusi” gazetasining 2026-yil 30-aprel kuni chop etilgan 15–16 (8247)-sonida Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi faoliyati keng va ta’sirchan yoritildi. Bu — deputatlik faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik bilan muloqotning izchil ta’minlanayotganidan dalolat beradi.
янв.21
“ICHKI YO‘LLAR SIFATI — AHOLI ROZILIGI YO‘LIDAGI AMALIY NATIJA”
янв.21
BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI NAZORATDA
янв.21
DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
YOSHLARNI SPORTGA KENG JALB ETISH VA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari: yettilik faoliyati va sport infratuzilmasi nazoratda

Olmazor tumanidagi mahallalarda o‘rganish ishlari: yettilik faoliyati va sport infratuzilmasi nazoratda

Olmazor tumanida deputatlik vakolati muddatidan oldin tugagan hamda ayni vaqtda okrug deputati mavjud bo'lmagan "Yangi Sebzor" mahallasida mahalla yettilik vakillari faoliyatini xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva boshchiligida, 21-Namuna okrugi deputati D.Raxmatullayev va kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.  

✔️“Yangi Sebzor” mahallasida ichki yo‘llarni va infratuzilmani yaxshilash masalalari ko‘tarildi. Jumladan, 1-uy hududida tuman elektroset tomonidan mahalla hududiga yangi kabel o'tkazilib, ish yakunlangach asfalt qoplamasi yotqizilmaganligi, 8-uy orqa qismi va mahalla idorasi oralig‘idagi yo‘lda yo‘l belgisi mavjud, lekin mashinalar to'xtamayatganligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 

2 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilishi yuzasidan takliflar berildi. 

✔️Shuningdek, 12-uy va 13-uylar bosh qismida piyodalar uchun 120 metr uzunlikdagi yurish yo‘lakchasini barpo etish, 10-uy va 1-uy oralig‘idagi bolalar maydonchasi beton qoplamasini olib tashlab, o‘rniga tuproq qilinishi ta'kidlandi. Obodonlashtirish va atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha daraxtlar ekish masalasi ham ko‘tarildi. "Sebzor Med" klinikasi oldida qurib qolgan daraxtlar mavjud bo‘lib, ularni o‘rniga soya salqin beruvchi daraxtlar ekish zarurligi bildirildi.

✔️Deputatlar tomonidan hududda barpo etilgan sport maydonchalari ham ko‘zdan kechirildi. Mazkur obyektlarning holati, ularning aholiga, ayniqsa bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdagi o‘rni alohida baholandi. Sport inshootlarining mavjudligi va jihozlanish darajasi mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

✔️ O‘rganish jarayonida "Exclusive house servis" boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati bilan ham tanishildi. Ayrim ko‘p qavatli uylardagi liftlarning texnik holati, ularga xizmat ko‘rsatish sifati, ta’mirlash ishlarining olib borilishi bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillari bilan muloqot o‘tkazildi.

📁 Uchrashuv yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ta’kidlandi.

📉 Xulosa o‘rnida aytish joizki, deputatlarning joylarga chiqib o‘rganish olib borishi va aholi murojaatlari ijrosini nazoratga olishi hududlarda dolzarb masalalarning o‘z vaqtida hal etilishiga xizmat qilmoqda. Bu kabi amaliy yondashuvlar fuqarolar manfaatlarini ta’minlash, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash hamda yashash sharoitlarini yanada qulaylashtirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 9