Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida mutaxassislar mas’uliyati aniq belgilandi.
Unga ko‘ra, kotibiyat bosh mutaxassislari ma’lum yo‘nalishlar bo‘yicha biriktirilib, ular doimiy komissiyalar, partiya deputatlik guruhlari hamda tuman Kengashi deputatlari faoliyatiga mas’ul etib belgilandi.
Tegishli mutaxassislar o‘zlariga biriktirilgan yo‘nalishlar doirasida doimiy komissiyalar, partiya guruhlari va deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Jumladan, ularning hujjatlarini yuritish, tashkiliy tadbirlarni muvofiqlashtirish hamda faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashish vazifalarini amalga oshiradi.
Mazkur tartibning joriy etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad — ish samaradorligini oshirish, mavjud masalalarni tezkor va tizimli ravishda hal etish, shuningdek, har bir vazifaning aniq mas’ulini belgilashdan iboratdir.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati rasmiy kanallari.