📅 Xalq deputatlari viloyat va Shovot tumani Kengashlari deputati Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida quyidagilar atroflicha tahlil qilindi:
🚌 Shovot tumani markazidan viloyat markaziga qatnovchi avtobus va mikroavtobuslar faoliyati;
⏱️ Transport vositalarining harakatlanish muntazamligi (grafik asosida);
🚏 Avtobus bekatlarining bugungi holati;
🎫 Yo‘lovchilar uchun chipta olish va to‘lov tizimidagi qulayliklar.
👥 Jarayonda:
Masharipov Izzat Masharipovich — Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri;
Ruzmetov Umrbek Shavkatovich — Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
faol ishtirok etib, mavjud muammolarni joyida o‘rgandilar.
📍 Shuningdek, tumanning chekka hududlari, xususan, Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh (taxminan 25 km uzoqlikdagi) aholi punktlarida ham transport qatnovi holati ko‘zdan kechirildi.
📊 Aniqlangan asosiy masalalar:
❗️ Yo‘nalishlardagi qatnovlar soni yetarli emasligi;
❗️ Transport vositalarining texnik holati va xizmat ko‘rsatish sifati;
❗️ Yo‘lovchilar uchun bekatlarda yaratilgan sharoitlar qoniqarsizligi.
📝 Yakuniy xulosaga ko‘ra:
✅ Qatnovlar intervalini qisqartirish va reyslar sonini ko‘paytirish;
✅ Bekatlar infratuzilmasini zamon talablariga moslashtirish;
✅ Aholi uchun transport xizmati qulayligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
✨ Bu kabi o‘rganishlar aholining uzog‘ini yaqin qilish va kundalik hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.