Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA JAVOB !

2026-yil 27-martdagi 27-ds-379-26-sonli deputat so‘rovi tegishli Samarqand shahar hokimligi atroflicha o‘rganib chiqilgan.

 O‘rganish natijasiga ko‘ra:

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori asosida

 Shahar hududidagi ichki yo‘llarda qor va yomg‘ir suvlari sabab yuzaga kelgan chuqurliklar xatlovdan o‘tkazilgan

 Shakllantirilgan ro‘yxat asosida ta’mirlash ishlari BOSQICHMA-BOSQICH amalga oshirilmoqda

 Ya’ni, “Mir Said Baraka” mahallasidagi ichki ko‘chalar ham ushbu reja asosida ta’mirlanadi.

 Hurmatli fuqarolar!

Sizlarning murojaatlaringiz e’tiborsiz qoldirilmayapti — jarayon nazoratda va ishlar ketma-ket amalga oshirilmoqda.