Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Turon” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ichki yo‘llar o‘rganilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulomov Joxongir Askardjonovich okrugi hududining infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan hududdagi holat bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirilib, ko‘chalarni ta’mirlash yuzasidan qo‘shimcha takliflar kiritilishi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish bo‘yicha olib borilgan ishlar muhokama qilindi. 

Slide 1 of 3