Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputatlik_faoliyati

#Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati.

Nurafshon shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati I.Klichxanov shaharda yangi barpo etilgan bolalar poliklinikasi binosi bilan yaqindan tanishdi.

📌O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

🔹Binoning qurilish sifati va xonalarning tibbiy standartlarga mosligi ko‘zdan kechirildi.

🔹Poliklinikaga o‘rnatiladigan zamonaviy tibbiy uskunalar va servis xizmati holati tahlil qilindi.

🔹Bolajonlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan kutish zallari hamda ro‘yxatga olish bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

✅Ushbu yangi tibbiyot maskani shahardagi yosh avlodga sifatli va tezkor ambulator xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda profilaktika ishlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4