Kengash deputatlarining joriy hafta davomida amalga oshiradigan asosiy faoliyati, jumladan:
📍Olmazor tumani "Chig'atoy Oqtepa" mahalla aholisi bilan okrug deputati hamda Olmazor tumani hokim o‘rinbosarlari bilan birgalikda sayyor qabulini oʻtkazish. (tasdiqlangan jadval asosida)
📍Olmazor tumani "Taraqqiyot" mahallala aholisidan tushgan murojaatlar (24 ta tavsiya bo‘yicha o‘rganish)
📍Olmazor tumanidagi ta'lim muassasida "22-mart _ Butunjahon suv resurslari kuni " munosabati bilan deputat va talaba yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etiladi;
📍Olmazor tumanidagi "Ahil" MFY hududida joylashgan 315-sonli umumta'lim maktabida muammo va takliflarni okrug deputati hamda maktab rahbariyati bilan birgalikda o‘rganish yuzasidan;
📍Xalq deputatlari tuman Kengashi uchun tavsiya etilgan 24 ta nazorat yo‘nalishidan biri sifatida belgilangan bo‘lib, uning doirasida Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-sonli oilaviy poliklinikasida o‘rganish ishlari olib boriladi;
📍Investitsiya dasturi doirasida Olmazor tumanidagi 298-sonli umumta’lim maktabida 990 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosining ochilish marosimi;
📍O'zbekiston Respublikasi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazida Toshkent shahar hududiy bo'linmasi tashabbusi bilan "Mahalliy Kengashlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatini samarali tashkil etish" mavzusidagi o'quv seminarida kotibiyat hodimlarining ishtiroki;
📍Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari hamda Qurilish Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tadi.