Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida muhim o‘rganish ishlari olib borildi...

🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi 4-Ziynat MFY okrugi deputati M.Akramova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Mirzayeva tomonidan olib borildi. Jarayon davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

🔹Kun tartibidagi 4-band — “Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi chora-tadbirlar” yuzasidan joylarda atroflicha o‘rganishlar tashkil etildi.

🔹 Shuningdek, hudud hokim yordamchisi Q.Nishonqulov tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tashabbuslar va ularning natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🔹Bunday o‘rganishlar aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va hududlarni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2