🔹Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi deputati Xolmatjon Kadirov tashabbusi bilan “Polmon” MFYdagi aholiga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
🔹Mazkur tibbiy xizmat doirasida turli mutaxassislar ishtirokida aholining salomatligini kompleks tekshirish, kasalliklarning erta aniqlanishi va oldini olish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
🔹Tibbiy xizmat mutaxassislari, yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, nafas olish yo‘llari kasalliklari va boshqa ko‘p tarqalgan xastaliklarga alohida e’tibor qaratdilar.
🔹Ushbu jarayonida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlarni tark etish haqida aholiga tavsiyalar berildi.
🔹Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonlar salomatligini saqlashda, kasalliklarning kelib chiqishi va oldini olishda o‘tkazilayotgan bunday tibbiy xizmatlar muhim ahamiyat kasb etadi.