Mahallada xotin-qizlarning bandligi va ish bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 8-Amirobod saylov okrugidan saylangan deputat Mamatova Lola Yuldoshevna saylov okrugidagi mahallada xotin-qizlarni bandligini ta’minlanganlik holati va tadbirkor xotin-qizlarning muammolari o‘rganildi.
Deputat tomonidan mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli masalalar belgilab olindi.
Mazkur o‘rganish fuqarolarning deputatga murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish hamda mahalla faoliyatini nazorat qilish jarayonida amalga oshirildi.
O‘rganish yakunida xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularning muammolarini hal etish hamda mahallada ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.