Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi: dolzarb masala nazoratga olindi
янв.21
Mindonoboddagi muammolar — nazoratda, yechimlar yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati — ijro intizomi va adolat kafolati
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi — kelajakni belgilaydigan kuch!
янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanimizning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o‘zgartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi asosiy mavzular:

- Prezidentimizning PQ-44-sonli qarori ijrosi doirasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

- “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasida to‘plangan mablag‘larni eng zarur ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish masalasi tasdiqlandi.

- Tumanimizning kirish ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning 665-sonli qarori ijrosi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

- 2026-yil uchun alkogol mahsulotlari savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun tegishli yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiya jarayonlari ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirda uzatildi.

Slide 1 of 9