Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqbilol MFYda dolzarb muammolar o‘rganildi — aholi manfaati e’tibor markazida
янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi: dolzarb masala nazoratga olindi
янв.21
Mindonoboddagi muammolar — nazoratda, yechimlar yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati — ijro intizomi va adolat kafolati
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi — kelajakni belgilaydigan kuch!
янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
Termizda PQ-454-sonli qaror ijrosi: Deputatlar maktab rekonstruksiyasi va infratuzilma ishlarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori Termiz shahrining ijtimoiy qiyofasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda.

⏺Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati J.Xamroqulov o‘z saylov okrugidagi “Majnuntol” mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

💬Mazkur tadbirda Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurovning bevosita ishtirok etishi, bu boradagi ishlarga bo‘lgan yuksak e’tibordan dalolat beradi.

💬Deputatlar dastlab mazkur qaror asosida yangi qurilgan maktab binosining holati bilan yaqindan tanishdilar.

⏺O‘rganish davomida:

🔅Binoning qurilish sifati va xavfsizlik talablariga mosligi;

🔅Sinf xonalarining zamonaviy jihozlanishi;

🔅O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

💬Shuningdek, aholidan tushgan murojaatlar asosida mahalladagi elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, xususan, eskirgan va xavfli holatga kelib qolgan elektr ustunlarini yangi beton ustunlarga almashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

🫥Har bir loyihaning sifatli bajarilishi va aholi uchun munosib sharoitlar yaratish orqali xalq roziligiga erishish.

Slide 1 of 9