Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
DEPUTAT TADBIRKORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHIB, MUAMMOLARNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati X.Karimova o‘zi saylangan Saxovat mahallasi hududidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish olib bordi. 

O‘rganish jarayonida tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda faoliyat davomida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi. Xususan, non mahsulotlari ishlab chiqarish hamda tikuvchilik yo‘nalishidagi faoliyatlar ko‘zdan kechirildi. 

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Bu kabi joylarda o‘tkazilayotgan o‘rganishlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda hudud iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.  

Slide 1 of 2