Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
Jamoatchilik nazorati

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxiatosh tumani partiya Kengashi tomonidan deputatlar bilan birgalikda Yashil Makon umummilliy loyihasi doirasida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli Mustaqillik ko‘chasida amalga oshirilgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mazkur hududda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish natijasida hududda jami 1300 dona manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgani ma’lum bo‘ldi. Asosan katalpa, archa va qarag‘ay turidagi ko‘chatlar ekilgan.

Shu bilan birga, ayrim muammolar ham aniqlandi. Jumladan, yer tarkibida sho‘r miqdori yuqori ekanligi hamda sug‘orish tizimi nosos holatda bo‘lganligi sababli ko‘chatlarni parvarishlashda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan, mavjud holat bo‘yicha tegishli hujjatlar bilan tanishildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga xabar berildi.

Slide 1 of 6