Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Navbatdagi deputatlik so‘rovi: dolzarb masala nazoratga olindi
янв.21
Mindonoboddagi muammolar — nazoratda, yechimlar yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
Deputatlik nazorati — ijro intizomi va adolat kafolati
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi — kelajakni belgilaydigan kuch!
янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
🛣 Deputat so‘rovi natija berdi – 90V061 yo‘li ta’mirlanmoqda

🛣 Deputat so‘rovi natija berdi – 90V061 yo‘li ta’mirlanmoqda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Izzat Masharipov tomonidan saylovchilar murojaatlari va hududlarda olib borilgan o‘rganishlar asosida Shovot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufidagi 90V061 “Shovot temir yo‘l stansiyasi – Ijtimoiyat ko‘chasi – O‘zbekiston ko‘chasi” avtomobil yo‘lining ayrim qismlari ta’mirtalab holga kelgani aniqlangan edi.

📄 Deputat so‘rovida quyidagilar so‘ralgan edi:

-Yo‘lning ta’mirtalab qismlarini qisqa muddatlarda ta’mirlash;

-Transport xavfsizligini ta’minlash, avtohalokatlarning oldini olish;

-Yo‘l qoplamasini tiklash bilan birga ogohlantiruvchi belgilar va xavfsizlik choralarini yaratish;

-Ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha yozma axborot berish.

✉️ Deputat so‘roviga javoban Shovot tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan ma’lum qilindi: yo‘lning ta’mirtalab qismlari joriy yil uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlanmoqda va ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🛠 Hozirgi ta’mirlash ishlari natijasida:

-Yo‘l qoplamasi tiklandi;

-Transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratildi;

-Yo‘l harakati xavfsizligi mustahkamlandi va avtohalokatlar xavfi kamaytirildi.

🤝 Deputat so‘rovlari orqali ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi aholi manfaatlarini ta’minlash va hududlarda infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 3