Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati D.Xoliqova 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq “Qorsuv” mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etdi. Uchrashuv davomida mahalla aholisining turli ijtimoiy, maishiy va iqtisodiy masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Deputat aholi murojaatlarini diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy takliflar berdi va mahalliy hokimiyat organlari hamda tegishli idoralar bilan hamkorlikda yechim topish yo‘llarini belgiladi. Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi KQ-35-son qarori mazmun-mohiyati ham tushuntirildi. Qaror bilan belgilangan aholi muammolarini samarali hal etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar haqida ham ishtirokchilarga to‘liq tushuntirish berildi.

Uchrashuv yakunida D.Xoliqova aholi bilan doimiy aloqada bo‘lish, kelgusi uchrashuvlar va monitoringlar orqali ularning taklif va e’tirozlarini doimiy ravishda nazorat qilishni ta’kidladi. Mahalla aholisi esa uchrashuvdan mamnun bo‘lib, o‘z fikr va istaklarini deputatga bevosita yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2