O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.To‘xtanazarova Olmazor mahallasidagi mahalla ettiligi faoliyatini o‘rgandi.
Deputat Olmazor mahallasi yoshlar yetakchisining mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli farmonining 3-ilovasida keltirib o‘tilgan yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari:
- Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish.
- Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, “Besh tashabbus olimpiadasi” ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
- Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari va o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish.
- “Yoshlar daftari” ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tinglandi.