Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
📌 Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Abdusalomov Elyor tomonidan Hazarbobo mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, xususan mahalla xotin-qizlar faoli Bahromova Shahlo tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandligi hamda mavjud muammolari tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, mahallada jami 1630 nafar xotin-qiz istiqomat qiladi. Shundan 46 nafari hozirda ishsiz bo‘lib, ularning bandligini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida:

 ▪️ 1 ta xonadon ta’mirga muhtoj ekani aniqlanib, ushbu masalani hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi;

 ▪️ 10 nafar xotin-qiz o‘zini o‘zi band qilish uchun kredit olishga yo‘naltirilgan;

 ▪️ 11 nafar ayol tibbiy yordamga muhtoj ekani aniqlanib, ular bilan manzilli ishlash lozimligi bildirildi;

 ▪️ 23 nafar xotin-qizga huquqiy va psixologik yordam zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli Bahromova Shahlo tomonidan “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyilini targ‘ib qilish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, xotin-qizlarni tadbirkorlik, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tibbiy yordamga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy va psixologik yordamga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3