O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga ko‘ra, mahalla raisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
✔️ Mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekishni targ‘ib qilish.
👉 Har oy kamida bir marta barcha ko‘chalarda ommaviy hashar tashkil etilishi, kamida 2 ta ehtiyojmand oilaning xonadonida qo‘ni-qo‘shnilar bilan hashar o‘tkazilishi lozim.
✔️ Milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash hamda to‘y-marosimlarni isrofgarchiliksiz ixcham o‘tkazilishini ta’minlash.
👉 Har chorakda madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi kerak.
✔️ Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar qilish.
👉 Fuqarolar yig‘ini kengashida har oy kamida 5 ta davlat organi vakillarining mahalladagi ishlari yuzasidan axboroti eshitilishi belgilangan.
✔️ Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari hamda ijtimoiy xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish.
👉 Har hafta ularning hisobotini eshitish va har biri oyiga kamida 10 tadan muammoli masalalarni hal etishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
✔️ Mahalla hududida qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish.
👉 Har hafta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar davomatini, poliklinikalarda tibbiy xizmatni, sport obyektlarining ochiqligini hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofidagi tozalik holatini o‘rganish nazarda tutilgan.