Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
“Mahalla yettiligi” bilam hamkorlik

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi”ni faoliyati yuzasidan Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati Raxmonova Shaxlo Sa’dulla qizi tomonidan, kotibiyat bosh mutaxassisi Xalilova Dildora ishtirokida Navro‘z MFYda qator o‘rganishlar olib borildi.

    Mahalla raisi Gulyamov Muxammadorif tomonidan obod mahalla obod ko‘cha va obod xonadon mezonlari asosida ko‘chalarda hamda xonadonlarda  muntazam hasharlar tashkil qilinmoqda. Yashil makon umummilliy loyihasi bo‘yicha xonadonlarga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda. 30 nafar oilaga xomiylar tomonidan oziq ovqat maxsulotlari va moddiy yordamlar ajratilgan.

   Hokim yordachisi Xudayberdiyev Farxod tomonidan 16 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanishiga ko‘maklashilgan, 8 nafar  fuqaroga 127 mln so‘m kredit ajratilgan.

   Xotin qizlar faoli Mamatova Yulduz tomonidan 3 ta ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirilgan,  potronaj xamshiralari bilan birgalikda 8 ta oilarga borib sog‘lom turmush tarzi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

   Yoshlar yetakchisi tomonidan xatlov natijasida 11 nafar ishsiz yoshlar aniqlangan. Undan 1 nafari Soqiyev Mirzabek muddatli xarbiy xizmatga jalb qilingan, 1 nafari Zoirova Feruzaga o‘z biznesini boshlash uchun kredit ajratishga tavsiya berilgan.

Slide 1 of 4