Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Davlat dasturi loyihalari asosida maktabni ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati

 Davlat dasturi loyihalari asosida maktabni ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati. 

  Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Norboyev tomonidan saylov okrugidagi 54-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Davlat dasturi asosida ta’mirlanayotgan 54-sonli umumta’lim maktabida qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida maktab eski binolari, sinf xonalari, buzdirilib, yangidan zamonaviy qo‘shimcha maktab binosini qurish ishlari tahlil qilindi. Deputat tomonidan pudratchi tashkilot va mutasaddi tashkilot vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, ishlar belgilangan
muddat va sifat talablariga muvofiq amalga oshirilishi yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ta’mirlash jarayonida havfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish zarurligi ta’kidlandi. O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda deputatlik nazoratiga olindi. 

Slide 1 of 3