Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Qiyot mahallasida xotin-qizlar faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Shaxodat Raximova tomonidan Qiyot mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati hamda mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Xususan, 2026-yil davomida Qiyot mahallasida istiqomat qiluvchi 95 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur ro‘yxat asosida ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish, bandligini ta’minlash hamda turli yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida 7 nafar xotin-qiz kasb-hunarga yo‘naltirilgani, 10 nafar xotin-qiz o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgani aniqlangan. Ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Natijada, hozirga qadar 3 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgani qayd etildi. Bu esa ularning o‘z biznesini boshlashi, oilaviy daromadni oshirishi hamda mahallada bandlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

O‘rganish yakunida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini manzilli hal etish hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2