Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining navbatdagi 16-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

              Sessiyada deputatlik guruhlari va siyosiy partiyalar tuman kengashlari ish rejasiga muvofiq bir qator muhim masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP tuman Kengashi ish rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-son qarori ijrosining 2025-yil davomida tumandagi holati yuzasidan Jalaquduq tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.T.Alioxunovning hisoboti eshitildi. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi ish rejasiga ko‘ra, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo‘lim boshlig‘i F.Ergashevning hisoboti ko‘rib chiqildi. Sessiya davomida, shuningdek, Jalaquduq tumanida aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun hududlarni
namunali maskanga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, tuman hududida alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash masalalari muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
  

Slide 1 of 9