Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
#nazorat #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Lenura Baydullayeva hamda O'zbekiston XDP shahar Kengashi bilan hamkorlikda shahardagi "Saxovat" mahalla fuqarolari yig‘inida bo'lib, mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligining olib borayotgan ishlari o‘rganildi.

📝Deputat tomonidan mahallada aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash, shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi va fuqarolar bilan bevosita muloqot masalalari ko'rib chiqildi.  

✅O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy jamg‘arma mablag‘larida ko‘rsatilayotgan ko‘maklar, notinch oilalar bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi talabgorlarga imtiyozli kreditlar berish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 5