Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Istirohat bog‘ning holati deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan Ishtixon tumani markazidagi istirohat bog‘ida o‘tkazilgan o‘rganishlar hududdagi obodonlashtirish ishlari qoniqarli darajada emasligini ko‘rsatdi.

Bog‘ — aholi, ayniqsa yoshlar va keksalar uchun dam olish, sayr qilish, farzandlar bilan vaqt o‘tkazish maskani hisoblanadi. Shu bois uning holati doimiy e’tibor va parvarishni talab etadi. Afsuski, o‘rganish davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Hududda tozalanmay qolgan barg-hazonlar mavjudligi sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, ta’mirlash ishlari olib borilgan joylarda tosh uyumlari tartibsiz qoldirilgani, ayrim yo‘laklar to‘liq tiklanmagani kuzatildi.

Dam oluvchilar uchun o‘rnatilgan o‘rindiqlarning singan, ayrimlari esa bo‘yalmagan holda ekani fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda. Bu esa bajarilgan ishlar sifati va nazorati yetarli darajada emasligidan dalolat beradi.

Obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning yakuniy tartibga keltirilmagani hududning umumiy ko‘rinishiga putur yetkazmoqda. Dam olish maskani bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda e’tiborsizlik alomatlari ko‘zga tashlanmoqda.

Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini kuchaytirish hamda istirohat bog‘ini haqiqiy dam olish maskaniga aylantirish zarurligi ta’kidlandi. Zero, jamoat joylaridagi tartib va obodonlik — hududga bo‘lgan e’tibor va mas’uliyat ko‘rsatkichidir. 

Slide 1 of 6