Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Ko‘chalar ahvoli o‘rganildi

Avval xabar berganimizdek, 2-Nizomiy saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant hisoblanadi. Shu munosabat bilan mahallalar faoliyatini o‘rganish va ular bilan ishlash vazifasi N.Kiyamov zimmasiga yuklatilgan.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputatlari N.Kiyamov hamda M.Raximovlar  Jo‘ra Mahmudov mahallasidagi Yangiobod ko‘chasida bo‘lib, aholining qiynab kelayotgan muammolar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganishlar natijasida ko‘chalar holati jiddiy e’tiborni talab qilishi ma’lum bo‘ldi. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarda katta ko‘lmaklar hosil bo‘lib, piyodalar va transport vositalarining harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Bu holat nafaqat harakat xavfsizligiga, balki hududdagi aholining harakatlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputatlar muammoni joyida o‘rganib, hudud aholisining fikr va takliflarini tingladilar. Yo‘lning qoniqarsiz holati yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ta’mirlash ishlarini tezlashtirish choralarini ko‘rish belgilandi.

Shuningdek, deputatlar mahalla aholisi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish orqali hududdagi boshqa muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etish, fuqarolarning taklif va murojaatlarini inobatga olish muhimligini ta’kidladilar. 

Slide 1 of 2