Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mehnatobod MFYda aholi muammolari va ichimlik suvi holati o‘rganildi
янв.21
Vodil MFYda “Ijtimoiy ko‘cha”ni tashkil etish bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muvaqqat komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Majlisda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyasi a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari raislari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Komissiyaning asosiy maqsadi va vazifalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni va 2024-yil 23-sentyabdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-330-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i J.A.To‘ranazarovning axboroti eshitildi.

Ushbu majlis tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi hamda savollariga ma’ruzachi tomonidan javob berildi.

Majlis yakunida tumanda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va bu bo‘yihca ishlar samaradorligi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish yuzasidan choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 7