Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
янв.21
Maktablarda bolajonlar uchun zamonaviy ta’lim muhiti yaratildi
янв.21
Yoshlar siyosati masalalari muhokama qilindi
янв.21
25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish ishlari jamoat nazoratida
янв.21
Muammoga munosabat bildirildi
янв.21
"A.Raxmonaliev" 1-uchastkasida sanoat zonasini tashkil etish masalasi o‘rganildi
янв.21
Sayyor qabul — aholi dardu tashvishlarini o‘rganish va hal etishga qaratilgan amaliy muloqot
янв.21
E’tibor va g‘amxo‘rlik — inson qadrining ifodasi
янв.21
Mahalla faollari bilan uchrashuv — hudud muammolari yechimi yo‘lida
янв.21
Sayyor qabul — aholi muammolariga yechim topish yo‘lida
Yirik IT loyiha

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati J.Utemuratov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmon doirasida Taxiatosh tumanida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi bilan tanishdi.

🗒Ushbu loyiha doirasida umumiy qiymati taxminan 3,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan mayning va zamonaviy data markazi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u hududda axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish, yuqori quvvatli hisoblash imkoniyatlarini yaratish va yangi ish o‘rinlari tashkil etishga xizmat qiladi.

Tashrif davomida deputat Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan investorlar bilan uchrashib, qurilayotgan ob’ektlarda mahalliy ishchi kuchini jalb qilish, aholi bandligini ta’minlash hamda qurilish jarayonini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha amalga oshirilishi hududning investitsion jozibadorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va iqtisodiy rivojlanishga salmoqli hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Slide 1 of 2